O‘zLiDeP deputatlari Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlab yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

03.06.2022, 10:51

O‘zLiDeP deputatlari Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlab yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zLiDeP Namangan shahar va Davlatobod tuman Kengashi tomonidan Namangan Muhandislik texnologiya institutida “Deputat va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari Qobiljon Dadaboyev va Sohibaxon Gapparovalar ishtirok etdi.

Xalq vakillari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan milliy komissiya, uning vazifalari xususida so‘z yuritildi. Bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, bu jarayonda yoshlarning fikr-mulohazalari muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorlari va iste’dodlarini keng namoyon etishga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida to‘htalib o‘tildi.

Talaba yoshlar tomonidan Konstitutsiyamizni takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar bildirildi va ular o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.

Tadbir so‘nggida bir guruh faol yoshlarga deputatning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    491
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+