Surxondaryolik deputatlar parlament o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi

03.06.2022, 10:52

Surxondaryolik deputatlar parlament o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi

Sog‘lom turmush tarziga rioya qilishda bugun O’zLiDeP deputatlari ham faollik ko‘rsatishmoqda. Misol uchun aynan sport o‘yinlari bo‘yicha partiyaning Termiz shahar hamda Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlarining erishgan yutuqlari so‘zimizni isbotlaydi.

Hozirda respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Parlament o‘yinlari" da sportning  mini futbol turi bo‘yicha O’zLiDeP Termiz shahar Kengashi deputatlari Baxtiyor Abrayev, Kravchenya Gennadiy, Burxon Rahmatullayev, Toxir Abzairovlar viloyat bosqichidagi musobaqada faol ishtirok etishdi. Chaqqon sportchilar birinchi o‘rinni egallashib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Qolaversa, O’zLiDeP Sho‘rchi tumani Kengashi deputati Fotima Usmonova ham sportning  badminton yo‘nalishi bo‘yicha viloyat bosqichida o‘z jamoasi bilan faol qatnashdi. Ular ham boshqa hududdan kelgan raqiblariga bo‘sh kelmay, birinchilikni qo‘lga kiritishdi. Endi respublikada viloyat sharafini himoya qilish uchun maydonga tushishadi.

O’zLiDeP Surxondaryo  viloyati Kengashi jamoasi sportchi deputatlarga musobaqaning respublika bosqichida yuqori natijani qo‘lga kiritishlari uchun omad tilaydi

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    517
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+