Bosh Qomusimiz tobora mukammalashmoqda!
03.06.2022, 10:56

Qibray tumani hokimligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmanova boshchiligida tuman mahallalarida faoliyat olib boruvchi mahalla oqsoqollari, oila va xotin-qizlar bӯyicha maslahatchilar, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari uchun tashkil etilgan davra suhbati Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlandi.
Mahalla faollari va jamoatchilik vakillarining mamlakatimiz Konstitutsiyasiga ӯzgartirishlar va yangilanishlar kiritish borasidagi fikr va tashabbuslari tinglangan tadbirda deputat Dilbar Usmanova ma’ruza qildi.
Yangi Ӯzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga davlat Qomusini moslashtirish va uni chyanada takomillashtirish bugungi kunning asosiy talabi ekanini uqtirdi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida “Mening Konstitutsiyam” onlayn platformasi ishga tushirilgani, unda o‘z takliflarini yozib qoldirishlari mumkinligi, nafaqat onlayn platformaga balki, mahallalar, xalq deputatlari Kengashlari, 1341 call-markazi, pochta, shu jumladan elektron pochta hamda Telegram maxsus boti (@meningkonstitutsiyam_bot) orqali yuborish imkoniyatiga ham ega ekanliklari borasida ma’lumot berdi.
Qiritilishi kutilayotgan o‘zgarishlarda har bir fuqaro tomonidan kelgan taklif diqqat bilan o‘rganilib qo‘shilishini, ta’kidladi.
Davra suhbati yakunida unda qatnashgan ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan har bir taklif atroflicha muhokama qilinib, qayd etib qo‘yildi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlik eshituvda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi
05.12.2023, 12:03
-
Deputat fuqarolar murojaatini zudlik bilan hal qildi
01.12.2023, 15:12
-
Buxoro viloyat kengashi sessiyasida oilaviy tadbirkorlik masalasi muhokama qilindi
29.11.2023, 11:11
-
Hosilga yaroqsiz yerlarni qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha qilanayotgan ishlar o‘rganilmoqda
28.11.2023, 15:45
-
Yoshlarga moliyaviy ko‘mak ajratilishida shaffoflik ta’minlanishi kerak!
23.11.2023, 19:09
Fikringizni qoldiring