Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonida partiya quyi bo‘g‘inlari o‘z takliflari bilan faol ishtirok etmoqda

03.06.2022, 10:58

Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonida partiya quyi bo‘g‘inlari o‘z takliflari bilan faol ishtirok etmoqda

 Ma’lumki, joylarda Konstitutsiyaviy islohot jarayonini aholining keng qatlamiga targ‘ibot qilish, bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosining fikr va takliflarini shakllantirish maqsadida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi tomonidan Urganch shahridagi “Feruz Xorazm” MChJ tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida ham tashkil etilgan uchrashuv “Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish zarurati - davr talabi” mavzusida o‘tkazildi.  

Tadbirda partiya vakillari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi, korxona ishchi xizmatchilari va boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari  ishtirok etdi.

Keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan, jamiyatimizni tubdan o‘zgartirayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida belgilab olingan zalvorli maqsadlar mujassam. Bu esa mustaqil yurtimizning buguni va ertasini hal qiluvchi jarayonlar davriga kirib kelganimizni yaqqol namoyon qilib turgani ta’kidlandi.

- Bugungi ulkan o‘zgarishlar mamlakatimizdagi o‘rta sinfning asosini tashkil qiluvchi siyosiy kuch O’zLiDeP elektorati manfaatlariga ham to‘la mos keladi. Partiyamizning dasturida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, or-nomusi, ehtiyojlari va manfaatlariga qaratilgani alohida qayd etilgan. Bugun barcha sa’y-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi ulug‘vor g‘oya “Inson qadri uchun” - shiori yaqqol ifodalanishi lozim, - deydi korxona rahbari, O’zLiDeP faoli Klara Jumamuratova.

Tadbirda so‘z olganlar mavzu yuzasidan o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdi. Qisqa qilib aytganda xalq  fikrini o‘rganish asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, O’zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlari qatoriga kirishiga ulkan imkoniyatlar yaratadi.

Shuxrat Atajanov,

O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    272
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+