Konstitutsiyaviy islohotlar: Keng aholi vakillari takliflar bildirmoqda

06.06.2022, 17:15

Konstitutsiyaviy islohotlar: Keng aholi vakillari takliflar bildirmoqda

Qarshi tumanidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha milliy komissiya hamda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O‘zLiDePning o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zLiDeP viloyat Kengashi va Qarshi tuman Kengashi apparati xodimlari, tuman Kengashi deputatlari, universitet  o‘qituvchilari va yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirda  mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sohalarda, ayniqsa siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni yanada jadallashtirish lozimligi barobarida konstitutsiyaviy islohotlarni ham o‘ta dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yilayotganligi ta’kidlandi. 

Shuningdek, “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar haqida so‘z yuritildi.

  • Ko'rildi
    178
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+