“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik –tanlovining Qonliko‘l tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
06.06.2022, 17:32

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Qonliko‘l tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda tumandagi 10 ga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmand xotin-qizlarimiz o‘zlarining ko‘rgazma mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
- 2018 yildan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelaman, – deydi tanlov ishtirokchisi “Qonliko‘l fayz” oilaviy korxonasi rahbari U.Joldasbayeva. - Asosan faoliyatimiz turli xil bejirim pardalarni xoridorning talabidan kelib chiqib, tikib beramiz. Mahsulotlarimiz ichki bozorda o‘z xaridoriga ega. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatidamiz. Bu kabi tanlovlar biz tadbirkorlarga yanada o‘z ustimizda ishlashga, izlanishga bir-birimiz bilan tajriba almashishda o‘rni beqiyos.
Tanlovda hakamlar hay’ati tomonidan eng munosib deb topilgan ishbilarmon ayollar saralab olindi.
Tanlov yakunida esa 3-o‘rinni yakka tadbirkor R.O’serbayeva, 2-o‘rin yana bir yakka tadbirkor F.Shapiyevaga nasib etgan bo‘lsa, 1-o‘rinni “Qonliko‘l fayz” oilaviy korxona rahbari U.Joldasbayeva nasib etdi va tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.
Tanlovda g‘olib bo‘lganlar va faol ishtirok etgan xotin-qizlarga partiyaning tuman Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Avval – inson, keyin jamiyat va davlat
29.03.2023, 14:26
-
Uzunlik partiya faoli gulchilik faoliyati orqali 5 kishini ishli qildi
13.03.2023, 14:42
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Onalar – butun bashariyatning tarbiyachilaridir
07.03.2023, 17:44
-
Xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor yildan yilga kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz
07.03.2023, 17:29
Fikringizni qoldiring