“Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida 15 nafar ishsiz ayollar o‘qitilib, sertifikatlar berildi

06.06.2022, 17:49

“Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida 15 nafar ishsiz ayollar o‘qitilib, sertifikatlar berildi

“Paxtachi” mahallasi Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan. Mazkur hududning saylovchilari bugun deputat tanlashda adashmaganganlarini his qilmoqdalar. Xalq deputatlari tuman kengashi deputati, tadbirkor Muhabbatxon Yuldashevaning xayrli tadbirlari, yelkadoshlik mas’uliyati maqomni oqlayotganidan darak.

Xalq noibining “Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasidagi tadbirlari ayni kunlarda qizg‘in tus oldi. Mazkur loyiha doirasida xalq vakili o‘zi saylangan 21-“Paxtachi” saylov okrugidagi ishsiz, “Ayollar” daftarida turuvchi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik salohiyatini oshirish maksadida o‘quv-seminar tashkil qildi.

-Bugungi seminarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ayollarimiz uchun zarur maslahat va tavsiyalar berish uchun tashkil qildik, -deydi deputat M.Yuldasheva. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad ayollarning siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlik sub’ektlariga uyda o‘tirgan xotin-qizlarni jalb qilib, tadbirkorlikning sir-asrorlarini o‘rgatish, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishda yaqindan ko‘maklashishdan iborat. 

Seminar yakunida xalq noibi 15 nafar xotin-qizlarga sertifikatlar topshirdi.

  • Ko'rildi
    96
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+