“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasida qatnashgan Samarqandlik yoshlarga sertifikatlar topshirildi

06.06.2022, 17:50

“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasida qatnashgan Samarqandlik yoshlarga sertifikatlar topshirildi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan partiya qoshidagi O’zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtirokini faollashtirish borasidagi qator muhim vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan “Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasi doirasida ZOOM platformasi orqali masofaviy onlayn tarzda 3 kunlik o‘quv-seminar bo‘lib o‘tgan edi.

Ushbu seminarlar davomida vazirlik va idora vakillari, deputatlar, tajribali tadbirkorlar hamda ilm-fan vakillari ishtirok etib, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar va ishsiz, uyushmagan yoshlarga tadbirkorlikni boshlash uchun huquqiy, tadbirkorlik faoliyatiga oid nazariy  va amaliy bilim va yo‘l-yo‘riqlar berishdi.

Fevral-may oylarida bo‘lib o‘tgan o‘quv-amaliy seminarlarda O’zLiDeP Samarqand viloyat, tuman (shahar) Kengashidagi “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari, o‘quvchi-talabalar va o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi yoshlar faol ishtirok etishdi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan yoshlar ishtirokida tashkil etilgan navbatdagi tadbirda “Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasi doirasidagi o‘quv seminarlarda faol ishtirok etgan yoshlarga tashkilotchilarning sertifikatlari, tadbirkorlikni boshlashlari uchun qo‘llanmalari va partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    405
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+