Konstitutsiyaviy islohotlar: Xususiy mulk daxlsizligi kafolatini kuchaytirish borasida takliflar berildi

06.06.2022, 17:53

Konstitutsiyaviy islohotlar: Xususiy mulk daxlsizligi kafolatini kuchaytirish borasida takliflar berildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda Samarqand davlat universiteti hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan “Konstitutsiyaviy islohotlar: Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik” mavzusida O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, ishchi guruh a’zolari, mahalliy Kengash deputatlari, institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari hamda OAV vakillari  ishtirokida davra suhbati  o‘tkazildi. 

Tadbirni partiya viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari- apparat rahbari Ilhom Botirov kirish so‘zi bilan  ochdi.

Davra suhbatida so‘z olganlar Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonini aholining keng  qatlamiga  tushuntirish,  Bosh  Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, shu jumladan, Samarqand davlat universiteti tajribali va bilimli professor- o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlarining ham fikr va takliflari muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etishdi.

Shuningdek, Samarqand davlat universiteti professori, viloyat Kengashi deputati Baxtiyor Xo‘jayorov tomonidan talaba-yoshlarga konstitutsiyaviy islohotlarning  ahamiyati, Konstitutsiyaviy  komissiyaning asosiy vazifalari tushuntirib berildi. 

Tadbirda ishtirok etgan Samarqand tumani "Navobod naslli parranda" fermer xo‘jaligi boshlig‘i, O’zLiDeR Samarqand viloyat Faxriylar Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati Xaydar Urakov mavzu yuzasidan  so‘z yuritar ekan, tadbirkorlar, investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va qonunda belgilanishi mumkin bo‘lgan takliflar, ya’ni investorlar uchun imtiyozlar, yengiliklar asosiy Qonunimizda qat’iy belgilash, xususiy mulk daxlsizligi kafolatini kuchaytirish borasidagi  o‘z takliflarini bayon etdi.

Qizg‘in davom etgan davra suhbatida ishchi guruh a’zolari, professor o‘qituvilar yoshlar tomonidan bildirilgan takliflarning aksariyati o‘rinli va to‘la asosli ekanligini ta’kidlab, faol ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi

Davra suhbati ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar berildi. Ishchi guruh tomonidan takliflar umumlashtirildi.

  Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDeR Samarqand Samarqand viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    446
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+