O’zLiDeP faoli “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil qildi

08.06.2022, 14:14

O’zLiDeP faoli “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil qildi

O’zLiDePning “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida Sharof Rashidov tumanidagi “Zebo Bahromxo`ja” tikuvchilik sexida mahallardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan opa-singillarimiz uchun mahorat darsi tashkil qilindi. Mazku tikuvchilik sexiga partiyamiz faoli – Zebo opa Zokirova rahbarlik qiladi.

Tikuv sexida “Yaxtanlik” MFY hududida istiqomat qiluvchi 10 ta ayol doimiy ish bilan ta’minlangan. Qolaversa, 20 nafar shogirdlar ham yetishib chiqdi. Hozirda 5 ta yangi zamonaviy mashinkaga ega bo‘lgan tikuvchilik sexida turli xildagi bejirim ko‘ylaklar, harbiylar formalari tayyorlanmoqda.

Zebo opadan o‘z ish  tajribasini, mahoratini o‘rtoqlashish maqsadida mahorat darslari tashkil etishda yordam berishni so‘raganimizda, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda partiyaning yordami katta bo‘lgan, deb  darhol rozi bo‘ldi.

Tikuv sexiga, nafaqat tikuvchilik sir-asrorlarini, balki xaridor bilan ishlashdan tortib mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha bo‘lgan jarayonni o‘rganish ishtiyoqidagi 15 nafardan ortiq xotin-qizlarni taklif qildik. Ochiq, samimiy suhbat tarzida o‘tgan mahorat darsida yig‘ilganlar amaliy jarayon bilan bevosita tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob topish imkoniga ega bo‘lishdi.

Yana bir e’tiborli tomoni, tadbirda ishtirok etgan xalq deputatlari Sh.Rashidov tumanidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Nigora Asqarova mahorat darsida ishtirok etgan ikki nafar ayolning qarorini qo‘llab-quvvatlab, ularga zamonaviy tikuv mashinkalari olib berishda amaliy yordam beradigan bo‘ldi.

Saida Umaraliyeva,

 O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

“Ayollar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    419
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+