Bosh qomusimiz targ‘ibotida Faxriylar Kengashi a’zolari faollik ko‘rsatmoqda

08.06.2022, 14:16

Bosh qomusimiz targ‘ibotida Faxriylar Kengashi a’zolari faollik ko‘rsatmoqda

O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi tashabbusi bilan Jomboy tumani Tut mahallasidagi mahalla yoshlari va faollari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi bo‘yicha “Konstitutsiyaviy islohotlar: Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda O’zLiDeR Samarqand viloyat Faxriylar Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati Xaydar Urakov Konstitutsiyaga ko‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilish bo‘yicha batafsil ma’lumot hamda tushunchalar berib o‘tdi.

Suhbat davomida bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, bu jarayonda har bir fuqaroning fikr-mulohazalari muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Mahalladagi har bir fuqarolar tomonidan takliflar, munosabatlar bildirildi.

  Jaxongir Xujamkulov,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    457
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+