Konstitutsiyaviy islohotlar: Guliston shahar tibbiyot kolleji talaba qizlari takliflar bildirdi

08.06.2022, 14:17

Konstitutsiyaviy islohotlar: Guliston shahar tibbiyot kolleji talaba qizlari takliflar bildirdi

Shu kunlarda konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni yuzasidan turli aholi vakillari orasida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinyapti.

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi va Guliston shahar Tibbiyot kolleji bilan hamkorlikda “Xotin-qizlar - Konstitutsiyaviy islohotlar tashabbuskori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu tadbir konstitutsiyaviy islohotlar, konstitutsiyani takomillashtirish zaruriyatini keng jamoatchilik qatlamlariga yetkazish hamda tibbiyot kollejida tahsil olayotgan talaba qizlar, ustozlardan takliflar olish maqsadida tashkil qilindi. Tadbir jarayonida partiyaning Sirdaryo viloyat Kengashi apparat rahbari Shoxista Bozorboyeva bosh qomusimiz xususida qisqacha ma’lumot berib o‘tdilar.

Talabalar yurtimizda bo‘layotgan islohotlar to‘g‘risida taklif va fikrlarini  bildirishdi.

  • Ko'rildi
    816
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+