Konstitutsiyaviy islohotlar: keng aholi qatlami vakillari faollik ko‘rsatmoqda

08.06.2022, 14:20

Konstitutsiyaviy islohotlar: keng aholi qatlami vakillari faollik ko‘rsatmoqda

"O’zbekiston pochtasi" aksionerlik jamiyati Xorazm filialida “Taraqqiyotning Konstitutsiyada aks etishi – ob’ektiv zaruriyat” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha fikr va takliflar "O’zbekiston pochtasi" AJning hududlardagi filiallari hamda tuman va shaharlardagi  bo‘limlari orqali ham qabul qilinmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki pochta orqali qabul qilinayotgan takliflarni bepul qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbirda so‘z olganlar Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonini aholining keng  qatlamiga  tushuntirish,  Bosh  Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, shu jumladan,  pochta xodimlarining ham fikr va takliflari muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etishdi.

Davra suhbati davomida "O’zbekiston pochtasi" AJ Xorazm filiali jamoasi tomonidan  ko‘plab takliflar bildirildi.

Qizg‘in davom etgan davra suhbatida ishchi guruh a’zolari, partiya viloyat Kengashi mas’ullari  tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan takliflarning aksariyati o‘rinli va to‘la asosli ekanligini ta’kidlab, faol ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Qudrat Bekmetov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati yordamchisi

  • Ko'rildi
    346
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+