Ishchi guruh tahlili: 314 ming fuqaroga dehqon xo‘jaliklari tashkil qilish uchun 62 ming gektar yer uchastkalari ajratildi

08.06.2022, 14:23

Ishchi guruh tahlili: 314 ming fuqaroga dehqon xo‘jaliklari tashkil qilish uchun 62 ming gektar yer uchastkalari ajratildi

2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish borasida ham qator vazifalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Xususan, taraqqiyot strategiyasining 30-maqsadida Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish, shuningdek, 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hamda aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish vazifasi belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi 709-son qaroriga asosan 2022 yilning 7 iyun holatiga “E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasi orqali 62,1 ming gektar yer maydonlari 314 129 nafar fuqarolarga dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish uchun uzoq muddatli ijaraga berilgan.

Mazkur yer maydonlarining 58,9 ming (93%) gektari suvli maydonlar bo‘lib, 309 023 nafar fuqarolar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tezkor ma’lumotlarga asosan tanlov g‘oliblarining 291 254 nafariga ijara shartnomalari imzolangan.

Bugungi kunda tanlov g‘oliblariga dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish va ularni moddiy resurslar bilan ta’minlash borasida OʻzLiDePning hududiy partiya tashkilotlari va Xalq deputatlari Mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari tomonidan amaliy yordam berilmoqda.

Alisher Raxmonov,

OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi bosh konsultanti

  • Ko'rildi
    632
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+