Konstitutsiyaviy islohot jarayonida BPT faollari tomonidan ham asosli takliflar bildirilmoqda
09.06.2022, 17:00

Asosiy Qomusimizda amalga oshiriladigan barcha o‘zgarishlarning tub mohiyatida yotadigan asosiy g‘oya, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini belgilab beruvchi tamoyil “Inson qadri uchun” shiorida o‘z aksini topgan. Bugungi ulkan o‘zgarishlar mamlakatimizdagi o‘rta sinfning asosini tashkil qiluvchi siyosiy kuch O‘zLiDeP elektorati manfaatlariga ham to‘la mos keladi.
Shu sabab, ayni paytda joylarda hududiy kengashlar xodimlari, mahalliy kengashlar deputatlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faollari, elektorat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan turli tadbir va muloqotlarda Konstitutsiyamizni takomillashtirish yuzasidan asosli takliflar bildirilmoqda.
Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazidagi Behzod Shukurov yetakchilik qilayotgan va o‘z saflariga 33 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan quyi bo‘g‘inda “Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O‘zLiDePning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hamda quyi bo‘g‘in faollari ishtirok etgan tadbirda Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va zaruriyati haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar partiyamiz dasturida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, or-nomusi, ehtiyojlari va manfaatlariga qaratilgani alohida qayd etilgani ta’kidlab o‘tildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirildi.
Dilnoza Qosimova,
O‘zLiDeP Jizzax shahar Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan BPTlarda mustaqillik bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda
09.08.2022, 15:41
-
Ayolni e’zozlasak - e’zoz topamiz
09.08.2022, 15:38
-
BPT faollariga istiqlol bergan ne’matlar tushuntirib o‘tildi
04.08.2022, 16:28
-
Yangibozorning 30 nafar mahalla raislari partiya safiga qo‘shildi
25.07.2022, 14:58
-
Bosh qomusimizda mehnat huquqiga doir yangi normalar kiritilmoqda
22.07.2022, 16:21
Fikringizni qoldiring