“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining Mirobod tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

09.06.2022, 17:15

“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining Mirobod tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining Mirobod tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumandagi ishbilarmon, tadbirkor xotin-qizlar o‘z mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ishtirok etishdi. 

Mazkur ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida 3- o‘rinni Umaraliyeva Nigina, 2-o‘rinni Xodjayeva Nozima egalladi, 1- o‘rin sohibasi "IMDI" tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi rahbari Gulruh Abdujabborova munosib deb topildi. 

Gulruh Abdujabborova mahalladagi ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlab kelmoqda. Hozirgi kunga kelib ishchilar soni 37 nafarni tashkil etadi. Ishlab chiqargan mahsulotlari 100 xil turdagi mahsulotlar bo‘lib, qanchadan qancha oilalarga quvonch ulashib kelmoqda. Kelgusida faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lib, ishlab chiqarish mahsulotlarining turlarini ko‘paytirish va ishchilar sonini oshirish, chet elga ham eksportni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

  • Ko'rildi
    501
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+