Toyloqlik “Ishbilarmon ayol – 2022” ko‘rik-tanlovi g‘olibi 32 nafar ayollarni ish bilan ta’minladi

09.06.2022, 17:19

Toyloqlik “Ishbilarmon ayol – 2022” ko‘rik-tanlovi g‘olibi 32 nafar ayollarni ish bilan ta’minladi

Ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, rag‘batlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda ayollarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda hunarmand va ishbilarmon xotin-qizlar o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

“Hunarmandlar markazi”da o‘tkazilgan taqdirlash marosimida ishtirok etgan tuman hokimining o‘rinbosari xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Noila Kambariddinova innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishdagi faolligi, zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlari yaratgani, xaridorgir mahsulot ishlab chiqarayotgani, eng asosiysi, ishsiz qolgan xotin-qizlarning ish bilan ta’minlashda faollik ko‘rsatayotgani uchun tadbirkor ayollarga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda yosh tadbirkor ayol Sabina Hakimova innovatsion loyihalarni hayotga tadbiq etib, tumanda 32 nafar ayollarga ishchi o‘rinlarini yaratgan tadbirkor sifatida e’tirof etildi va g‘oliblik sovrini topshirildi.

Shuningdek, Ra’no Eshonqulova 2-o‘rinni, Zebo Fattoyeva 3-o‘rin sohibi deb topildi. Ko‘rik-tanlov g‘olib va sovrindorlari diplom, qolaversa, barcha ishtirokchilarga O'zLiDeP tuman Kengashining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Akmal Mirzoyev,

O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisning

birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

  • Ko'rildi
    701
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+