Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida Faxriylar Kengashi a’zolari ham faol ishtirok etishmoqda

13.06.2022, 16:41

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida Faxriylar Kengashi a’zolari ham faol ishtirok etishmoqda

O’zLiDeP viloyat, tuman (shahar) Kengashlari qoshida Faxriylar Kengashi tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Biroq, o‘tgan vaqt davomida Faxriylar Kengashi a’zolarining siyosiy va mehnat faoliyatlaridagi boy tajribalari partiya faollari tomonidan tashkillashtirilayotgan ko‘plab tadbirlar, uchrashuvlarda, aholi bilan ochiq muloqotlarda, “mahallabay” ishlashda maslakdoshlarimizga juda qo‘l kelmoqda.

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida ham faxriylarimiz Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida, mahalla va tashkilotlarda tashkil etilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘zlarining qimmatli maslahatlarini, fikr va mulohazalarini bildirmoqdalar. Asosli takliflarni o‘rtaga tashlamoqdalar.

O’zLiDeP G’allaorol tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Ulkan, yuksak maqsadlarimiz ro‘yobga chiqishini Bosh Qomusimiz takomillashuvi bilan chambarchas bog‘liq” mavzusidagi davra suhbatida  Faxriylar Kengashi a’zosi Oblayar Artiqboyev ham ishtirok etib, bir qancha asosli takliflarni bildirib o‘tdi.

Tadbir davomida kun tartibidagi masala atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan takliflar umumlashtirib chiqildi.

Zayniddin Eshqulov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+