“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi orqali yangi-yangi ishbilarmon ayollar kashf etilmoqda

13.06.2022, 16:45

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi orqali yangi-yangi ishbilarmon ayollar kashf etilmoqda

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining shahar va tuman bosqichlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda va yangi-yangi ishbilarmon ayollar kashf etilmoqda.

 O‘zLiDeP Kitob tuman Kengashi tomonidan tuman madaniyat va aholi dam olish markazida o‘tkazilgan ko‘rik - tanlovda 15 nafarga yaqin tadbirkor, hunarmand,  fermer ayollar o‘zlarining ishlab chiqargan mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdilar.

 Tanlov davomida ishtirokchilarning siyosiy bilim darajasi, partiyaviy loyihalarda ishtiroki, shaxsiy fikrlarini to‘liq bayon etishi, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan  munosib baholandi.

Ushbu ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra, 3-o‘rin Milliy xunarmanchilik, quroqchilik yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand MFYdan Halimova Mohichexraga, 2-o‘rin dekarativ gullar yo‘nalishida Yangiobod MFY Jo‘rayeva Ruxsoraga nasib etdi.

Birinchi o‘rin esa Qaynar MFYdagi “Ko‘k-chinor” fermer xo‘jaligi rahbari Xidirova Zarifa munosib deb topildi va ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

G’olib va sovrindorlarga Kitob tuman  Kengashi tomonidan Diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.   

Xidirova Zarifa 2017 yildan buyon Kitob tumanidagi “Ko‘k chinor” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Fermer xo‘jaligi  tomonidan 2018-2020-yillar davomida 120,0 tonna (qora kishmish) uzum eksport qilindi.      Fermer xo‘jaligida jami 45 nafar ishchilar bo‘lib, shundan 12 nafari doimiy, 33 nafar mavsumiy ishchilardan iborat.  Fermer xo‘jaligida har yili mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yangi istiqbolli loyihalarini hayotga tadbiq etish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilmoqda.

  • Ko'rildi
    443
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+