«Ishbilarmon ayol – 2022» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda

13.06.2022, 17:15

«Ishbilarmon ayol – 2022» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichlari  bo‘lib o‘tmoqda

 Har  yili  an’anaviy  tarzda  o‘tkazilib  kelinadigan “Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichlari joylarda  davom etmoqda.

Mazkur tanlovning Bo‘zatov, Sho‘manoy va Qorao‘zak tuman bsoqichlari ham yuqori darajada tashkil qilindi.    

O’zLiDeP Qorao‘zak tuman Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol  - 2022” ko‘rik-tanlovining tuman  bosqichida  tumanda faoliyat yuritayotgan 10 ga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmand xotin-qizlar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.  

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, siyosiy jarayonlar tub mazmun-mohiyatini keng targ‘ibot-tashviqot qilishda, yurtimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning vatanimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, izlanishlaridagi faol ishtirokini rag‘batlantirish tufayli  bugunning  zamonaviy  tadbirkor  ayol  qiyofasini yaratishdan iborat.  

Hakamlar  hay’ati  a’zolari  tanlov  mobaynida 10 ga yaqin tadbirkor,  fermer  va hunarmand xotin-qizlarning faoliyati bilan  yaqindan tanishib, ularning shu davrga qadar erishgan yutuqlari, imkoniyatlari hamda kamchiliklarini o‘rgandilar.

Qorao‘zak tumanidagi “Roza parda” MChJ 2019 yildan buyon faoliyat  yuritib kelmoqda. Roza Niyetullayeva rahbarlik qilib keladigan mazkur korxona asosan zamonaviy pardalar tikib berish bilan shug‘ullanishadi. 

Korxonadagi bejirim fasondagi turli xil pardalar ichki bozorda xoridorgir.   Tadbirkor opa faoliyatini yanada kengaytirishni niyat qilgan.

Tanlov  yakunida  Hakamlar  hay’ati  a’zolari tomonidan  3-o‘rinni yakka tartibdagi tadbirkor A.Aytbayeva, 2-o‘rinni “Qorao‘zak daromad” MChJ rahbari Z.Baxitbayeva munosib deb topilgan bo‘lsa, 1-o‘rin “Roza parda” MChJ rahbari R.Niyetullayevaga nasib etdi. 

Tanlov g‘oliblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga  qatnashish huquqiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari beshta nominatsiya bo‘yicha ham xotin-qizlar rag‘batlantirildi.      

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    607
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+