Bosh qomusimizni takomillashtirish borasida navoiylik yuristlar o‘z takliflarini bildirdi

13.06.2022, 17:23

Bosh qomusimizni takomillashtirish borasida navoiylik yuristlar o‘z takliflarini bildirdi

Navoiy viloyat sudining majlislar zalida 50 nafar soha vakillari ishtirokida O’zLiDeP Navoiy viloyat hududiy partiya tashkiloti tashabbusi bilan "Konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasmiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda bugun barcha sa’y-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi ulug‘vor g‘oya “Inson qadri uchun” shiori yaqqol ifodalanishi lozimligini bildirildi.

Tadbir savol-javoblar boy tarzda qizg‘in kechib, navoiylik yuristlar ham o‘z takliflari bilan faol qatnashdi.

Ishonamizki, o‘z yurtini ertangi kuniga befarq bo‘lmagan adolat posbonlari o‘z bilim va salohiyatini ishga solib xalqimiz farovonligi yo‘lida manfaatli bo‘ladigan  takliflar bilan faol ishtirok etishadi.

  • Ko'rildi
    300
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+