“Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasi doirasida Xorazmda qanday ishlar olib borilmoqda?

13.06.2022, 17:42

“Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasi doirasida Xorazmda qanday ishlar olib borilmoqda?

Xalq deputatlari Xorazm viloyat, Urganch shahar, tuman Kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari va Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 5 oktyabrdagi Farmoni doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan tegishli tashkilotlarning axboroti tinglandi.

Mazkur Farmon bilan 2020-2022 yillarda Xorazm viloyatini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 42,3 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan 127 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq Xorazm viloyati hokimligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qo‘shma qarori bilan Xorazm viloyatining shahar va tumanlarini  raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha hududiy Kengashi tashkil etildi.

Bugungi kunda viloyatdagi 543 ta umumta’lim maktablarida “Elektron kundalik” axborot tizimi to‘liq joriy etildi.

Maktablarda “Elektron kundalik” axborot tizimini joriy etilishi maktab o‘quvchilarining fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish va monitoring qilish, o‘qituvchilar faoliyatiga oid statistika va hisobotlarni elektron shakllantirishga imkon berdi. Bu orqali qog‘oz shaklidagi sinf, o‘qituvchi va davomat jurnallarini qisqartirishga erishildi.

Bugungi kunda viloyat hududlaridagi irrigatsiya tizimlarida suv resurslaridan foydalanishning real vaqt rejimida monitoring qilish va hisobini yuritish maqsadida “aqlli” tizimlarni joriy etish bo‘yicha irrigatsiya tizimlarida 72 ta avtomatlashtirilgan qurilmalar o‘rnatildi. Natijada real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish, viloyat va tuman chegarasida yetkazib berilayotgan suv resurslarini onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Farmoniga ko‘ra viloyatda qator ishlar amalga oshirilganligi bilan birga tegishli loyihalarni kechikishi yoki bajarilmasligi kabi holatlar mavjudligi tanqid qilindi.

Yig‘ilish davomida mutasaddiga deputatlar tomonidan sohaga oid ko‘plab savollar berildi. Taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi. Mutasaddining hisobotini qoniqarli deb topgan deputatlar, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Nasiba Vaisova,

O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar

va mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    884
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+