“Ishbilarmon ayol-2022” ko‘rik-tanlovining G’uzor tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

15.06.2022, 13:15

“Ishbilarmon ayol-2022” ko‘rik-tanlovining G’uzor tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

 “Ishbilarmon ayol-2022” ko‘rik-tanlovining G’uzor tuman bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida tadbirkorlikni, hunarmandchilikni, fermerlikni rivojlantirishda, yangi ishchi o‘rinlarini yaratayotgan yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar  “Zamonaviy tashabbuskor  ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloqni ijtimoiy rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan fermer ayol”, “Investitsiyalarni jalb qilishda tashabbus ko‘rsatgan ishbilarmon ayol” va “Eng yosh, faol ayol tadbirkor” nominatsiyalari bo‘yicha ishtirok etdilar.

Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ball miqdorida baholanib borildi. Tanlov ishtirokchilarining to‘plagan ballari   natijalar bo‘yicha quyidagi ishtirokchilar nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildilar.

1-o‘ringa “Zamonaviy tashabbuskor  ayol” nominatsiyasida milliylik, zardo‘zlik, gulli va chokli tikish faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, yangi ish joylarini yaratgan, 15 nafar xotin-qizlarni ish bilan band qilgan ayol yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand Rahimqulova Ro‘zioy g‘olib deb topildi. Rahimqulova Ro‘zioy bu kasb bilan 1978 yildan buyon shug‘ullanib keladi. Hozirgi kunda  zardo‘zlik, milliy libos, gulli va chokli tikish sohasida “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”dagi   xotin-qizlarga “Usta-shogird” an’anasi bo‘yicha kasb-hunar sirlarini o‘rgatib kelmoqda va yuzlab xotin-qizlarni ish bilan bandigini ta’minlashga ko‘maklashib kelmoqda.

2-o‘ringa “Zarina Bozorovna” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jalik rahbari Djo‘rayeva Zubayda munosib deb topildi. Ushbu ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida asosan asalarichilik, chorvachilik, paxta va g‘alla ekishga asoslangan. Fermer xo‘jaligida hozirgi kunda 9 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan.

3-o‘ringa:“Farruxbek G’anisherovich” tikuvchilik sexi rahbari Turopova Toji munosib deb topildi. Turopova Toji asosan zamonaviy liboslar tikish bilan shug‘ullanib keladi. Mazkur tikuvchilik sexida hozirgi kunda 8 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan.

Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

  • Ko'rildi
    480
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+