Konstitutsiyamizni takomillashtirish borasida jizzaxlik talaba yoshlarning ham o‘z takliflari bor

15.06.2022, 13:17

Konstitutsiyamizni takomillashtirish  borasida jizzaxlik talaba yoshlarning ham o‘z takliflari bor

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘lim va partiya shahar Kengashi tashabbusi bilan O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filialida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasini muhokama qilish va takliflar olish bo‘yicha davra suhbati ochiq, jonli muloqot tarzida o‘tdi.

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari hamda Oliy ta’lim muassassasi o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi

 Davra suhbati davomida kun tartibidagi masala atroflicha muhokama qilindi. Taklif va mulohazalar umumlashtirilib, tegishli qaror qabul qilindi.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    542
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+