Yoshlar konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida eng faol kuch

15.06.2022, 13:19

Yoshlar konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida eng faol kuch

O’zLiDeP Yangiobod tuman Kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limida “Yoshlar konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida eng faol kuch” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

- Asosiy qonunimizni jamiyatdagi bugungi real voqelikka, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi ulkan marralarga, shiddatli islohotlar o‘zaniga moslashtirish bugungi kunning asosiy talabidir, - deydi tuman Yoshlar ishlari agentligi rahbari A.Turdiqulov. – O’zbekiston – yoshlar mamlakati. Shu sabab, ertangi kunimizni belgilab beradigan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida yangiobodlik yoshlar ham faol ishtirok etmoqdalar.

Davra suhbatida ishtirok etgan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari va yoshlar Konstitutsiyamizni takomillashtirish borasida bir qator asosli takliflarni o‘rtaga tashladilar. Ular atroflicha muhokama qilinib, ishchi guruh tomonidan umumlashtirib chiqildi.

       O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    629
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+