Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat tashkilotlarning o‘rni va roli

15.06.2022, 13:26

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat tashkilotlarning o‘rni va roli

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi  tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 9228-harbiy qismdagi xizmatga chaqiriluvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvni partiya tuman kengashi qoshidagi faxriylar kengashi raisi O.Xamidov kirish so‘zi bilan ochdi. Strategiyada  mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘yicha belgilab berilgan yettinchi ustuvor yo‘nalish, 12 ta maqsadni o‘z ichiga olgan va davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, imkoniyatlari va salohiyatini kuchaytirish masalasi ilgari surganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, taraqqiyot strategiyasining aynan ushbu yo‘nalishga qaratilgan maqsadlari va bu borada amalga oshiriladigan amaliy tadbirlar, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol ishtirok etishni ta’minlash, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etish, ularni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish, Qurolli Kuchlar barcha davlat idoralari, muassasa va korxonalar uchun yetuk kadrlar tayyorlaydigan maktabiga aylanishiga erishish, mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish borasida atroflicha ma’lumotlar berildi. 

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar taraqqiyot strategiyasining mamlakat mudofaa salohiyatini takomillashtirishga qaratilgan bandlariga o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi va  o‘zlarini qiziqtirgan savollarga asosli javoblar olishdi.

  • Ko'rildi
    418
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+