O’zLiDePda YeXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

15.06.2022, 14:06

 O’zLiDePda  YeXHT DIIHB delegatsiyasi bilan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti  Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) Eogan Merfi boshchiligidagi delegatsiyasi  bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab delegatsiya vakillariga  partiya faoliyatining hozirgi kundagi  ustuvor yo‘nalishlari haqida  ma’lumot berildi.

Muloqot mobaynida 2021 yil 24 oktyabrda o‘tkazilgan O’zbekiston prezidentligiga saylovni kuzatish bo‘yicha DIIHB delegatsiyasi missiyasining yakuniy  hisoboti ham ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuvda tomonlar YeXHT ning bo‘lajak  saylovlar huquqiy bazasi va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha  tavsiyalarini har tomonlama muhokama qilishga  alohida e’tibor qaratishdi hamda  bu yo‘nalishda  hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Fikr almashinuvlar chog‘ida keyingi yillarda O’zbekiston siyosiy partiyalarining YeXHT institutlari, jumladan, DIIHB bilan ham   hamkorligi sezilarli darajada  faollashgani  qayd etildi.

Uchrashuv yakunida  tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga  atroflicha javoblar oldilar.

Tadbir  do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.

O’zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    487
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+