N.Raxmatovaga yana ishonch bildirildi

14.03.2018, 17:42

N.Raxmatovaga yana ishonch bildirildi

Zarafshon shahar “Navro‘z” MFYda faoliyat ko‘rsatayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda boshlang‘ich partiya tashkilotining 2017 yildagi faoliyati yuzasidan quyi bo‘g‘in raisi N.Raxmatovaning hisoboti tinglandi.

Qayd etilganidek, boshlang‘ich partiya tashkilotlarining partiya shahar Kengashi deputatlik guruhi a’zolariga biriktirilishi ish samaradorligini yanada oshishiga xizmat qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, muammolarga o‘z vaqtida yechim topishga hamda partiyamiz a’zolari safining kengayishida muhim omil bo‘lmoqda.

–O‘zining siyosiy jihatdan yetukligi bilan boshqalarga ibrat bo‘layotgan quyi bo‘g‘in yetakchilari ko‘pchilikni tashkil etadi, – deydi partiyaning Zarafshon shahar Kengashi deputati N.Ochilov. – Nodira Raxmatovani ham ana shunday fidoyi, faol va tashabbuskor yetakchilardan biri desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki ushbu quyi bo‘g‘in tomonidan o‘tgan yil davomida partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib-tashviq qilish, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida qator xayrli ishlar amalga oshirildi.

Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topilib, N.Raxmatova BPT raisligiga qayta saylandi.

 N.OTAMURODOVA,

O'zLiDeP Zarafshon shahar

Kengashi  apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+