BPTlar faoliyati tanqidiy-tahliliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi
20.06.2022, 16:06

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilish Konstitutsiyani isloh etish jarayonida partiya tashkilotlari rolini kuchaytirish masalasiga bag‘ishlandi.
Partiya viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Obidov bugungi mamlakat uchun tub burilish pallasida kechayotgan siyosiy jarayonlarda uyushqoqlik bilan samarali ish olib borish lozimligi borasida so‘z yuritdi.
- Partiyaning tayanchi bo‘lgan boshlang‘ich partiya tashkilotlarida ham mazkur yo‘nalishdagi faoliyatni yanada jonlantirish lozimligi, konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish borasidagi takliflarni yig‘ishda ularning barcha imkoniyatlaridan keng foydalanish lozim. Negaki, partiya negizidagi boshlang‘ich tashkilotlar turli korxona, tashkilot, muassasa, birlashma, uyushma, qolaversa, mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilganki, bu o‘z navbatida aholining turli qatlamlari fikrini o‘rganishda, ularning takliflarini olishda qo‘l keladi,-dedi partiya viloyat Kengashi raisi.
Shuningdek, “Ayollar” va “Yoshlar qanoti” ham bunda uyushqoqlik bilan faoliyat yuritib, partiyaning hayotbaxsh g‘oya va maqsadlarini amalga oshirishda jonbozlik qilishi lozimligi haqida to‘xtaldi.
Tadbirda so‘zga chiqqan partiya viloyat Kengashi Tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Ravshanbek Abduraximov O’zbekistonga Konstitutsiya islohoti nega zarur bo‘lib qolgani va butun dunyo davlatlarida konstitutsiyalar yangilanayotgani haqida fikr yuritib, dunyoda mamlakat Qomuslarining paydo bo‘lish tarixi to‘g‘risida ham qisqacha so‘zlab berdi.
Tuzatish, o‘zgartirish kiritish imkoniyati barcha konstitutsiyalarning fundamental xususiyati ekani borasida fikr yuritarkan, jamiyat tarixiy rivojlanishining turli bosqichlarida birdek xizmat qiladigan qomusiy matnni bittada va abadiy yaratib qo‘yishning iloji yo‘q ekanini ta’kidladi.
Partiya viloyat Kengashi “Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri Diyora Boltayeva esa o‘z so‘zida xotin-qizlarning haq-huquqlarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Jumladan, partiya tuman va shahar Kengashlari apparat rahbarlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari rahbar va a’zolariga konstitutsion islohotlar jarayonida uyushqoqlik bilan ishtirok etishda xotin-qizlarning tashabbus, g‘oyalari, fikr va takliflarini olish borasida tegishli tavsiya va uslubiy ko‘rsatmalar berdi.
Yig‘ilish yakunida unda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularni amalga oshirish yuzasidan uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
BPTlarda “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda
16.08.2022, 11:00
-
Mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan BPTlarda mustaqillik bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda
09.08.2022, 15:41
-
Ayolni e’zozlasak - e’zoz topamiz
09.08.2022, 15:38
-
BPT faollariga istiqlol bergan ne’matlar tushuntirib o‘tildi
04.08.2022, 16:28
-
Yangibozorning 30 nafar mahalla raislari partiya safiga qo‘shildi
25.07.2022, 14:58
Fikringizni qoldiring