Hunarmand, dizayner Dilnozaxon Mirzayeva Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyat bosqichida ishtirok etadi

20.06.2022, 16:09

Hunarmand, dizayner Dilnozaxon Mirzayeva Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyat bosqichida ishtirok etadi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Andijon tuman bosqichi o‘tkazildi.

Dastlab tadbirkor, hunarmand va fermer xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashdi.

Hamkor tashkilotlar va xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolaridan iborat hakamlar hay’ati ishtirokchilarning ishlari bilan yaqindan tanishib, ularni adolatli baholab borishdi.

-Tumanimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlarimiz talaygina. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mehnatlarini rag‘batlantirish, erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoitlar yaratish bizning asosiy vazifamizdir, – deydi O‘zLiDeP Andijon tuman Kengash raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, xalq deputatlari Andijon tuman Kengashi deputati Fotimaxon Alijonova. Shu bois, tanlov davomida har bir ishtirokchining ishi bilan yaqindan tanishib, ularni munosib baholab bordik.

Tanlovda “Sanoat” MFYda faoliyat yuritayotgan hunarmand, dekarativ sun’iy gullar ustasi, dizayner Dilnozaxon Mirzayeva faoliyati e’tirof etilib, 1-o‘ringa munosib topildi.

-To‘g‘risi, kamtarona mehnatimni yuksak baholab, 1- o‘ringa loyiq topishganidan juda xursand bo‘ldim, - deydi Dilnozaxon Mirzayeva - Endi tanlovning viloyat bosqichida qatnashib, faxrli o‘rinlarni olishga harakat qilaman. Zotan, tadbirkor ayollarni rag‘batlantirishga qaratilgan mazkur tanlov nafaqat meni balki barcha ishtirokchilarni to‘lqinlantirib yubordi.

Tanlov so‘ngida g‘olib va sovrindorlarga O`zLiDeP Andijon tuman Kengashinig diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    59
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+