“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Andijon shahar bosqichi o‘tkazildi
20.06.2022, 16:13

O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Unda hududdagi 15 nafar faol ishbilarmon va tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tanlovda ishtirokchilar o‘zining ishlab chiqargan mahsulotlari, ayollar, kelinlar va bolalar liboslari, zardo‘zlik, hunarmandlik buyumlari va qandolatchilik mahsulotlari ko‘rgazmasini namoyish etdi. O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova boshchiligidagi hakamlar hay’ati esa ularni tanlov shartlariga muvofiq tarzda baholab borishdi.
-Bugungi tanlovda oilaviy korxonamizda tayyorlanayotgan qandolat mahsulotlari bilan qatnashib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdim, - deydi tadbirkor Saodatxon Ostonova. - Tanlovninig viloyat bosqichida ham munosib tayyorgarlik ko‘rib, unda ham g‘olib bo‘lishga astoydil harakat qilaman.
Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkor, qandolatchi Saodatxon Ostonova 1-o‘rinni egallab, ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tanlovda shuningdek, “Zamonaviy tadbirkor ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Bitiruvchi qizlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan ishbilarmon ayol” hamda “Tashabbuskor ayol” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, partiyaning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jahongir Djiyanov,
O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi
25.09.2023, 16:23
-
Tanlov orqali faoliyatimni yanada kengaytirishga doir muhim hamkorlar va biznes g‘oyalar orttirdim
22.09.2023, 16:41
-
Bugun qaysi sohani olmang, o‘sha yo‘nalishdagi islohotlarda xotin-qizlar faol
22.09.2023, 16:37
-
Men o‘zbek ayolining nelarga qodirligini dunyo ko‘rishini istayman
22.09.2023, 16:33
-
O’zbekistonda ovchilik guvohnomasini olgan yagona ayol ekanligimdan faxrlanaman
22.09.2023, 16:27
Fikringizni qoldiring