Baliqchida mahalla binolar bilan ta’minlanish holatlari yuzasidan mas’ul rahbarning hisoboti eshitildi

20.06.2022, 16:31

Baliqchida mahalla binolar bilan ta’minlanish holatlari yuzasidan mas’ul rahbarning hisoboti eshitildi

O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi deputatlik guruhining eshituvida tuman mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi rahbari hisobot berdi.

Eshituvda deputatlar “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosi hamda fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish organlarini binolar bilan ta’minlanish holatlari yuzasidan mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi rahbarining hisobotini tingladilar.

Hisobotda aytilishicha, 2021 yilda belgilangan dasturga asosan  tumandagi 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga davlat xususiy sherikchilik asosida yangi xizmat binolari qurib bitkazilgan bo‘lsa, 2022 yilda ham belgilangan dastur asosida 7 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga davlat xususiy sherikchilik asosida yangi xizmat binolari qurilishi olib borilayotganligini aytib o‘tdi.

-Ayni kunlarda tumanimizning “Tovuldi”, “Muqanna”, ”Iftixor”, “Yakkatol” mahallalarida 60 foiz qurilish ishlari amalga oshirildi, -deydi mutassadi rahbar Shoyadbek Sattarov. Shuningdek, “Olchazor”, “Omonariq”, “Serquyosh” mahallalarida esa qurilish ishlari avj pallaga ko‘tarildi. Bu binolar qurilishi 2022 yil 1 sentabr kuniga qadar bitkazilib, ularni mebel jihozlari va kompyuter jamlamalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilish davomida deputatlar yuqorida tilga olingan farmon ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Deputatlar mutasaddi rahbarning hisobotini ma’lumot uchun qabul qilib, bu boradagi deputatlik guruhi a’zolari tomonidan doimiy nazorat va tahlil ishlarini olib borish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Moxidilxon Toxliboyeva,

O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi

apparat rahbari.

  • Ko'rildi
    113
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+