“Konstitutsiyaviy islohotlar – tibbiy sug‘urtada ayollar salomatligi” mavzusida tadbir tashkil etildi

20.06.2022, 16:40

“Konstitutsiyaviy islohotlar – tibbiy sug‘urtada ayollar salomatligi” mavzusida tadbir tashkil etildi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” Uchtepa tumanidagi 3-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasida “Konstitutsiyaviy islohotlar – tibbiy sug‘urtada ayollar salomatligi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyarova, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Gulchexra Isxakova, tuman Kengashi deputatlari, partiya faollari  va mazkur klinikada faoliyat yuritayotgan bir guruh tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

Mamlakatimizda inson salomatligi va uning turmush farovonligiga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga o‘z samarasini berib kelmoqda. Ayniqsa, shifo maskanlarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati oshib, fuqarolar, qolaversa, davolanuvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirda ko‘plab mamlakatlarda maxsus tibbiy sug‘urtalash jamg‘armalari faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy maqsadi – bemorlarga sifatli tibbiy va profilaktik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash uchun majburiy tibbiy sug‘urtalash tizimini moliyalashtirishdir. Kengusida bu tizimni yanada takomillashtirish va bu boradagi islohotlarni jadallashtirish bilan aholining salomatligiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish talab etiladi.

Tadbir so‘ngida tibbiyot xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar va konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha o‘zlarining talab va takliflaringi bildirdilar.

  • Ko'rildi
    296
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+