“Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi tadbirkorlikda yangi g‘oyalarning ommalashishiga turtki bo‘lyapti

20.06.2022, 16:42

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi tadbirkorlikda yangi g‘oyalarning ommalashishiga turtki bo‘lyapti

Xatirchi tumanida “Ishbilarmon ayol” respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda 10 nafar tadbirkor, fermer, faoliyatini endi boshlagan ishbilarmon xotin-qizlar ishtirok etdi.

- Bugun davlatimiz rahabri tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligiga berilgan e’tibor har qachongidan yuqori o‘rinda. Men ham oddiy qishloq dehqon ayoli o‘z yerimda uzum ekib, mayiz yetishtirib, olib-sotarlarga sotib yurgan, aytish joiz bo‘lsa kichik tadbirkor edim. Bugun esa Bolgariya va Qozog‘iston davlatlariga mayiz va yong‘oq yetishtirib berish bo‘yicha shartnomam bor, aholidan sut mahsulotini sotib olib muzqaymoq ishlab chiqarish sexini yo‘lga qo‘yganman, 10 nafar doimiy 30 nafar mavsumiy ishchilarim bor katta tadbirkorman desam yanglishmagan bo‘laman. Shuningdek, men yog‘ olish uchun kungaboqar ham yetishtiraman. Yaqinda bir seminarda ishtirok etdim. Soya o‘simligidan sut, qaymoq olinishi va undan qolgan maxsulotni qandolatchilikda foydalanish mumkinligini o‘rgandim. Yaqin kelajakdagi rejalarimdan biri yerni qayta ekish mavsumida soya ekib, soyadan turli xil mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish,- deydi ko‘rik tanlov ishtirokchisi “Nurmonova Charos” fermer xo‘jaligi rahbari Ch.Nurmonova.

Hakamlar hay’ati qaroriga muvofiq “Zamonaviy tashabbuskor ayol”, “Eng faol yosh tadbirkor”, “Qishloqni ijtimoiy rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan fermer ayol” kabi nominatsiyalar va 1, 2, 3 o‘rin g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ko‘rik tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan kooperatsiya rahbari Hamrayeva Muniraga viloyat bosqichida Xatirchi tumani sha’nini munosib himoya qilishga ishonch bildirildi.

Sh.Shokirova

O’zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni

 va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    445
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+