Yoshlarning huquq va burchlarini konstitutsiyaviy darajada aks ettirish lozim

20.06.2022, 18:10

Yoshlarning huquq va burchlarini konstitutsiyaviy darajada aks ettirish lozim

Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi chog‘ida yoshlarni qo‘llab- quvvatlash, ta’lim sohasi hamda yoshlarning huquq va erkinliklari oid bir qator masalalarda o‘zlarining takliflarini ilgari surdilar.

O’z navbatida davlatimiz rahbari yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlash maqsadida yoshlar sohasidagi davlat siyosati, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi, ularning huquq va burchlarini konstitutsiyaviy darajada aks ettirishga alohida e’tibor qaratib, davlat iqtidorli yoshlarni, ularning moddiy ahvolidan qat’i nazar, doimo qo‘llab-quvvatlashini mustaqil qoida sifatida belgilab qo‘yish kerakligiga urg‘u berdilar.

Shuningdek, Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarzi tamoyillari asosida ma’naviy va axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni yaratishi zarurligiga urg‘u berib o‘tildi.

Bundan tashqari Konstitutsiyamizga “Ota-onalar o‘z farzandlari voyaga yetguniga qadar ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lig‘i, to‘laqonli va barkamol rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish huquqiga ega va bunga majburdir”, degan qoidani kiritish yosh avlod taqdiri uchun mas’uliyatni yanada oshirishga xizmat qilishi;

- Bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini ustuvor taraqqiy ettirishni konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yish shartligi;

- Bosh qomusimizda davlat maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimini, turli mulk shaklidagi, jumladan, xususiy ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratib berishi bilan bog‘liq normalar ham bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha xulosa o‘rnida shuni aytish joizki O’zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish sari borar ekan mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorini ro‘yobga chiqarish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatiga shart-sharoitlar yaratish muhimdir.

Jamshid Jalolov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1021
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+