Konstitutsiyamizda bir qator yangi tamoyillar aniq ifoda etilmoqda

22.06.2022, 17:39

Konstitutsiyamizda bir qator yangi tamoyillar aniq ifoda etilmoqda

Konstitutsiyamizda bir qator yangi tamoyillar aniq ifoda etiladi hamda o‘zining mukammal huquqiy yechimini topadi.

Inson qadrini yuksaltirish haqiqatdan davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lishi shartligi ana shunday hayotiy tamoyillardan biridir. 

Davlatimiz rahbari tomonidan O’zbekistonda o‘lim jazosi ta’qiqlanadi degan normaning Konstitutsiyaga kiritilishi keng jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Prezidentimiz tomonidan ushbu taklifning ilgari surilganligi bejiz emas. Zotan, dunyodagi qator mamlakatlarda inson qadrini ulug‘lash ustuvorlik kasb etgani, mamlakatimiz ham ana shunday davlatlar safidan o‘rin olishga intilayotgani ayni haqiqat.

Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy javobgarlik va boshqa yo‘nalishdagi ishlarni ko‘rib chiqishda insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari – qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda shaxsga imkon qadar yengillik yaratishi kerakligi ta’kidlandiki, bu ham huquqiy, demokratik davlat barpo etilayotgan jamiyatimizda inson va uning manfaatlari ustuvorlik kasb etayotganligini ko‘rsatib turibdi.

Muxtasar qilib aytganda, Prezidentimiz nutqidan o‘rin olgan barcha yo‘nalishlar xalqimiz farovonligini oshirishga mahalliy davlat organlarining bu boradagi vazifalarini aniq belgilab olishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

– Biz el-yurt tashvishi bilan yashaydigan xalqchil davlat barpo etishni ko‘zlaganmiz. Bu shuni anglatadiki, davlat, uning organlari va mansabdor shaxslari xalq uchun ishlaydi, unga xizmat qiladi. Davlat hokimiyati ustidan xalq nazorati o‘rnatiladi. Konstitutsiyaga davlat organlari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni, mazkur organlarning ixcham va tejamkor bo‘lishini ta’minlash yuzasidan qoidalar kiritishni taklif qilaman, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbarining ushbu hayotbaxsh so‘zlari o‘z mustaqilligining qutlug‘ 31 yilligiga yangi orzu-umidlar bilan peshvoz chiqayotgan bunyodkor xalqimizni hayotdan rozi bo‘lib yashashga undab turibdi. Yangi qabul qilinadigan Baxtimiz Qomusi esa Uchinchi Renesans poydevorini barpo etish borasidagi sa’y-harakatlariga muhim omil bo‘lib qo‘shilishi turgan gap.

Bobomurod Ochilov,

 O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari –apparat rahbari,

xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    324
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+