Konstitutsiyani takomillashtirish - davr talabi

22.06.2022, 17:42

Konstitutsiyani takomillashtirish - davr talabi

Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan joriy yilning 20 iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvi chog‘ida demokratik yangilanish jarayonlariga yangicha ruh va shiddat berish, islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda kechayotgan konstitutsiyaviy islohotlar Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala ekanligi o‘z-o‘zidan ayon.

Konstitutsiyaviy islohotlarni o‘tkazishni bugungi kunning o‘zi taqozo etmoqda. Mamlakat fuqarolaridan ushbu masala bo‘yicha shu kungacha 48 ming 492 ta taklif kelib tushganidan ham buni bilib olish qiyin emas.

Tegishli komissiya tomonidan yurtdoshlarimizning barcha taklif va qo‘shimchalari umumlashtirilganligi, ularning eng dolzarblari yangidan qabul qilinadigan Konstitutsiyaga tegishli moddalar sifatida kiritilishi O’zbekiston ahli ushbu muhim siyosiy jarayonga befarq emasligini ko‘rsatmoqda.

O’zLiDePning asosiy qatlami- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari, partiya elektoratidan keyingi paytda tushgan taklif, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar ham Yangi O’zbekistonning bo‘lajak Konstitutsiyasi o‘z mazmun-mohiyati bilan partiyaning dasturiy maqsad va vazifalariga to‘la mos kelishini shu o‘rinda ta’kidlash lozim.

Amaldagi Konstitutsiyani yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda o‘tkazilgan yig‘ilish, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarda ham partiya mas’ullari va barcha bo‘g‘inlardagi xodimlarining bu boradagi faolligi aniq ko‘zga tashlandi. Aytish lozimki, Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi arafasida kuchga kiradigan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davrimiz talablariga to‘liq javob berishida va bu boradagi sa’y-harakatlarida barcha maslakdoshlarimizning salmoqli hissasi bo‘ladi. Konstitutsiyani takomillashtirish bo‘yicha partiya viloyat, shahar va tuman Kengashlaridan keyingi paytda tushgan ko‘plab taklif, fikr, tavsiya, qo‘shimcha  va o‘zgartirishlar ham ushbu muhim siyosiy hujjat bilan O’zLiDeP va uning hayotbaxsh g‘oyalari mushtarak ekanligini ko‘rsatmoqda. 

Farmon Aminov,

 O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi,

xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    391
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+