“Ishbilarmon ayol-2022” respublika ko‘rik-tanlovining G’allaorol tumani g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
22.06.2022, 18:06

G’allaorol tumanida bo‘lib o‘tgan ko‘rik-tanlovning tuman bosqichini o‘tkazishga O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari, partiya tuman Kengashi va hamkor tashkilotlar vakillari jiddiy yondashganliklari yaqqol ko‘zga tashlandi. Bu hol, tadbirning yuksak saviyada o‘tishini ta’minladi.
Hay’at a’zolarining bahosiga ko‘ra, 20 ta ish o‘rni yaratgan, “Umidjon texno servis” xususiy korxonasi rahbari Oynisa Qarshiboyeva tumanning bu yilgi “Eng ishbilarmon ayoli”, deb topildi. Aytib o‘tish joizki, mazkur korxona qoshida tashkillashtirilgan o‘quv kurslarida ko‘plab qishloq qizlarini tikuvchilik sohasida o‘qitish ham yo‘lga qo‘yilgan.
12 ta ish o‘rni yaratgan Buvsara opa Dovurbayeva esa “Jalolobod” fermer xo‘jaligi rahbari. Opa yetakchiligidagi fermer xo‘jaligi a’zolari 8 gektar yerda bog‘dorchilik mahsulotlari, 2 gektar ochiq maydonda qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirishadi. Yil davomida 50 nafarga yaqin mavsumiy ishchilar ham jalb qilinadi.
3 o‘ringa loyiq, deb topilgan YaTT Barno Sherbo‘tayeva esa 12 ta doimiy ish o‘rinlari yaratishga erishgan.
Ko‘rik-tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga, shuningdek turli xil nominatsiyalar g‘oliblariga partiya tuman Kengashining Diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ishbilarmon ayollarni birlashtirgan tanlov Surxondaryodan boshlandi
09.08.2022, 16:42
-
Ayolni e’zozlasak - e’zoz topamiz
09.08.2022, 15:38
-
O'zLiDeP ishchi guruhi hududlarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganmoqda
09.08.2022, 15:30
-
Tomorqachi ayol – farovonlik bunyodkori
05.08.2022, 16:03
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” tadbirkorlik sub’ektlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish faoliyati bilan tanishdi
05.08.2022, 14:15
Fikringizni qoldiring