Deputatlik eshituvi: Marhamatda aholiga tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi
22.06.2022, 18:12

O‘zLiDeP Marhamat tuman Kengashi deputatlik guruhining eshituvida tuman tibbiyot bo‘limi rahbari hisobot berdi.
Eshituvda deputatlar Prezidentimizning 2021 yil 11-noyabrdagi “Aholiga tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tibbiyot bo‘limi rahbarining hisobotini tingladilar.
Hisobotda aytilishicha, tumanda 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 7 ta qishloq oilaviy poliklinika, 5 ta qishloq vrachlik punktlari, 1 ta tez tibbiy yordam bo‘limi aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
2022 yilning may oyida 128 mln.so‘mlik UTT uskunasi sotib olinib tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga o‘rnatildi. Tug‘ruq kompleksiga 126 mln 500 ming so‘mlik KYuVYeZ apparati sotib olib o‘rnatildi.
Yig‘ilish davomida deputatlar yuqorida tilga olingan Qaror ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Deputatlar mutasaddi rahbarning hisobotini ma’lumot uchun qabul qilib, bu boradagi deputatlik guruhi a’zolari tomonidan doimiy nazorat va tahlil ishlarini olib borish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat O’rta chirchiqliklarning muammolarini ijobiy hal etish bilan shug‘ullandi
16.08.2022, 11:09
-
Deputatlar bank rahbarlarining hisobotini tingladi
16.08.2022, 10:58
-
O’zLiDeP deputati homiyligida 19 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi
12.08.2022, 16:15
-
Deputatlar tashabbusi bilan mahalla xotin-qizlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
12.08.2022, 16:00
-
Deputatlar ko‘magida Sharq tongi mahallasining suv tarmog‘i yangilanmoqda
10.08.2022, 15:58
Fikringizni qoldiring