“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Bo‘ston tuman bosqichida 30 nafar tadbirkor ayol o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi

23.06.2022, 16:09

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Bo‘ston tuman bosqichida 30 nafar tadbirkor ayol o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi

Andijonda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Bo‘ston tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 30 nafarga yaqin tadbirkor ayol o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi. 

– Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning vatanimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi faol ishtiroki bugungi zamonaviy tadbirkor ayol qiyofasini yaratmokda, – deydi, O‘zLiDeP faoli, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari Yulduzxon Azimova. – Bugungi ko‘rik-tanlov ham ana shu maqsad yo‘lidagi navbatdagi qadamdir. Tanlov hakamlari xotin-qizlarning qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratgani, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqargani, aholiga xizmat ko‘rsatishning ixtisoslashganiga qarab baholashdi. Quvonarlisi shundaki, tanlov davomida tadbirkor ayollar o‘zaro tajriba almashish imkoniga ham ega bo‘lishdi.  

Tadbir so‘ngida tadbirkor ayollardan “Ominabonu-2004” oilaviy xususiy korxonasi rahbari Manzura Sarimsoqova 1-o‘rinni egalladi, “Sarbon” MFYdagi yakka tartibdagi tadbirkor Muhabbat Maxmudova 2-o‘rinni, hunarmand, do‘ppido‘z Inobatxon Adburaximova 3- o‘rinni egalladilar. Shuningdek, ko‘rik-tanlovda “Zamonaviy tadbirkor ayol portreti”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli” nominatsiyalari buyicha ham tadbirkor va ishbilarmon ayollar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

  • Ko'rildi
    900
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+