Hunarmand ayol Nukus tumanining ishbilarmon ayoli deb topildi

23.06.2022, 16:15

Hunarmand ayol Nukus tumanining ishbilarmon ayoli deb topildi

Hozirgi kunda joylarda “Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining  tuman bosqichlari o‘tkazilmoqda. 

Mazkur tanlovning Nukus tuman bosqichida faoliyat yuritayotgan 10 ga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmand qizlar o‘z mahsulotlari bilan  qatnashdi.

Tanlovda Hakamlar hay’ati a’zolari tadbirkor ayollar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning ish faoliyati, erishgan yutuq va kamchiliklari, kelgusi rejalari bilan ham o‘rtoqlashdi.

- Foaliyatimni boshlaganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q, - deydi tanlov ishtirokchisi U.Qalniyazova. - Yoshligimdan tikish-bichish, to‘qima to‘qishga qiziqar edim. Shundan bo‘lsa kerak hozirgi kunda hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Asosan quroq ko‘rpachalar, turli xil bejirim bolalar va ayollar to‘qima paypoqlari, to‘qima gilamlarni to‘qiymiz. Mahsulotlarimiz ichki bozorda xaridorgir. Bu kabi tanlovlar biz ayollarning o‘z faoliyatimizni yanada kengaytirishga, tajriba almashishda bizga motivatsiya beradi.

Hakamlar hay’ati a’zolarining odilona baholashi natijasida 3 o‘rin yakka tadbirkor M.Jiyemuratova 2 o‘rin yana bir yakka tadbirkor ayol Z. Qurbaniyazovaga nasib etgan bo‘lsa, 1 o‘ringa hunarmand U. Qalniyazova munosib deb topildi va tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    399
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+