Referendum eng demokratik yondashuvdir
24.06.2022, 15:15

Ayrim yurtdoshlarimiz Konstitutsiyani o‘zgartirishga qanday zarurat yoki ehtiyoj yuzaga keldi, deya savol berayotgani bor gap edi. Prezidentimiz yig‘ilishda, eng avvalo, shu savolga hammaga tushunarli tilda ochiq javob bergani jamoatchilikning e’tiborini tortdi.
Shu munosabat bilan Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushayotgan takliflarni parlament deputatlari ishtirokida yaxlit qonun loyihasiga jamlab, uni umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqishni hamda referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilishni ta’kidlagani ayni muddao bo‘ldi. Chunki referendum eng demokratik yondashuvdir. Referendum bilan qabul qilingan Konstitutsiya xalq konstitutsiyasi hisoblanadi.
Modomiki, har doim odamlar orasida yuradigan biz deputatlar ham xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi bo‘ladigan yangilanayotgan Konstitutsiyamizga tayanib, Yangi O’zbekistonni albatta birgalikda barpo etishda Prezidentimizga kamarbasta bo‘lamiz.
Rahima YULDASHEVA,
Xalq deputatlari Beruniy tuman kengashidagi
O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi
O'xshash yangiliklar
-
Deputat O’rta chirchiqliklarning muammolarini ijobiy hal etish bilan shug‘ullandi
16.08.2022, 11:09
-
Deputatlar bank rahbarlarining hisobotini tingladi
16.08.2022, 10:58
-
O’zLiDeP deputati homiyligida 19 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi
12.08.2022, 16:15
-
Deputatlar tashabbusi bilan mahalla xotin-qizlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
12.08.2022, 16:00
-
Deputatlar ko‘magida Sharq tongi mahallasining suv tarmog‘i yangilanmoqda
10.08.2022, 15:58
Fikringizni qoldiring