Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda partiyaning ishtiroki masalasi muhokama qilindi

24.06.2022, 15:40

Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda partiyaning ishtiroki masalasi muhokama qilindi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan milliy komissiya hamda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda partiyaning ishtiroki to‘g‘risida Kengash yig‘ilishi tashkil qilindi. Unda Kengash a’zolari, faxriylar, deputatlar, partiya faollari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqidan kelib chiqqan xolda qilinishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar xususida fikr bildirdi.

Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonida har bir fuqaroning taklif va fikrlari muhim ahamiyatga ega ekanligini hamda Prezidentimiz Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqishni va referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilishni taklif etganligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek hududiy partiya tashkilotlari bilan birga aholining keng qatlamlari orasida, tadbirkorlik sub’ektlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlarida mavzu yuzasidan ochiq muloqot, davra suhbatlari o‘tkazish va ularning taklif va tavsiyalarini o‘rganish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng, Kengash a’zolari O’zbekison Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, joylarda aholi va tadbirkorlardan taqdim qilingan takliflar va kelgusida tashkil qilinishi rejalashtirilgan ishlar bilan tanishib chiqishdi.

Yangi O’zbekistonni barpo etish borasidagi galdagi dolzarb vazifalar o‘z navbatida asosiy qomusimiz mazmun-mohiyatiga yangicha yondashishni, ushbu muhim hujjatni rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqishni taqazo etayotganligini ta’kidladilar.

Suhbat davomida bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, bu jarayonda mahalliy kengash deputatlarining ham fikr-mulohazalari muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Xojimuhammad Xasanxonov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    287
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+