O‘zLiDeP tashabbusi bilan navbahorlik 2 ta xonadon egasi o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etdi

14.03.2018, 18:07

O‘zLiDeP tashabbusi bilan navbahorlik 2 ta xonadon egasi o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etdi

Navoiy viloyati Navbahor tumani “Beshrabot” mahallasi azaldan ishbilarmon va tadbirkorlari bilan nom qozongan. Hududda o‘z biznesiga ega oilalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Partiyaning “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotilari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida ular safi yanada kengayib bormoqda.

Yaqinda O‘zLiDeP  viloyat Kengashining BPTlar bilan ishlash bo‘limi, Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda partiya tuman Kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari “Beshrabot” MFYda yashovchi Akmal Nodirov xonadonida bo‘ldi.

 –O‘n besh sotixlik hovlimizning bir sotixida issiqxonada tashkil etganmiz, – deydi A.Nodirov – Issiqxonamizda 10 tup serhosil limon ko‘chati va ko‘katlar ekilgan. Oilamizning qo‘shimcha daromad manbai bo‘lgan tomorqa hisobidan o‘tgan yilda 8 mln so‘m daromad oldik. Kelgusida ham faoliyatimizni yanada kengaytirib, ko‘proq daromad olishni rejalashtiryapmiz.

Partiya faollari Ramazon Ro‘ziyev xonadonidagi tomorqa bilan ham yaqindan tanishishdi.

– Xonadon egasi o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etishi uchun imtiyozli kredit olishda yordam so‘rab murojaat qilgan edi, – deydi O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari Otabek Ataqulov. – Xalq deputatlari tuman Kengashidagi deputatlar hamda tuman “Agrobank” ko‘magida partiyamiz faoliga amaliy yordam ko‘rsatildi, issiqxona qurishiga besh million so‘m imtiyozli kredit ajratildi.

Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasida bu kabi xayrli ishlar viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.

O‘zLiDeP Navoiy  viloyat  

Kengashi  matbuot  xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1366
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+