Konstitutsiyaviy islohotlar milliy gvardiyachilar ishtirokida muhokama qilindi

24.06.2022, 15:42

Konstitutsiyaviy islohotlar milliy gvardiyachilar ishtirokida muhokama qilindi

Barchamizga yaxshi ma’lum, joriy yilning 20 iyun kuni davlatimiz rahbari Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan asosiy yo‘nalishlar, muhim taklif va tashabbuslar mazmun-mohiyati va ahamiyatini chuqur o‘qib o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi harbiy xixmatchilari va xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari –apparat rahbari Bobomurod Ochilov ochdi va olib bordi.

Ta’kidlanganidek, Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda bir qator yangi tamoyillar aniq ifoda etiladi hamda o‘zining mukammal huquqiy yechimini topadi. Inson qadrini yuksaltirish haqiqatdan davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lishi shartligi ana shunday hayotiy tamoyillardan biridir. 

Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy javobgarlik va boshqa yo‘nalishdagi ishlarni ko‘rib chiqishda insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari – qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda shaxsga imkon qadar yengillik yaratishi kerakligi ta’kidlandiki, bu ham huquqiy, demokratik davlat barpo etilayotgan jamiyatimizda inson va uning manfaatlari ustuvorlik kasb etayotganligini ko‘rsatib turibdi.

Tadbirda so‘z olgan milliy gvardiyachilar davlatimiz rahbari tomonidan  Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda e’tibor qaratilgan to‘rtta ustuvor yo‘nalishning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, ular bo‘yicha o‘z fikr- mulohazalarin bayon etdi.

Tadbir so‘ngida davra suhbati ishtirokchilarini kun tartibidagi masala yuzasidan qiziqtirgan barcha savollariga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

  • Ko'rildi
    361
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+