60 nafar xotin-qizlarni uy sharoitida band qilgan tadbirkor Qamashining ishbilarmon ayoli deb topildi

24.06.2022, 15:47

60 nafar xotin-qizlarni uy sharoitida band qilgan tadbirkor Qamashining ishbilarmon ayoli deb topildi

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O’zLiDePning “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichlari yangi-yangidan tadbirkor opa-singillarimizni kashf etishda davom etmoqda.

Ko‘rik tanlovda ishtirokchilarning o‘z ishlab chiqargan mahsulotlar ko‘rgazmasi, qo‘l mehnatiga asoslangan tadbirkorlik ishlari namoyish etildi va hakamlar hayati tomonidan baholab borildi.

Hay’at kengashining xulosasiga ko‘ra, 3- o‘rin Milliy liboslar, maxsus kiyim-kechaklar tikish bo‘yicha 5 nafar xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlab, uyda o‘tirgan ayollarga kasanachilik asosida hunar o‘rgatib kelayotgan tadbirkor Islamova Malohat; 2- o‘rin Xotin-qizlar va yoshlar uchun 3 ta doimiy hamda 5 ta mavsumiy ish o‘rni yaratgan yakka tartibdagi yosh tadbirkor Xo‘jayarova Charos qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1-o‘rin esa 29 nafar doimiy ish o‘rni yaratgan, 40 nafardan ortiq xotin-qizlarga milliy liboslar tikish hamda turli xildagi pishiriq tayyorlash, gilam to‘qish kabi hunar sirlarini o‘rgatib kelayotgan, shuningdek, tuman ayollaridan 60 nafarga yaqinini uy sharoitida kasanachilik asosida bandligini ta’minlashga ko‘maklashib kelayotgan “Mohichehra Ahmedova” oilaviy korxona rahbari Tojiyeva Sayyoraga nasib qildi.va ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek: “Zamonaviy tashabbuskor  ayol” nominatsiyasi  bo‘yicha  YaTT Normo‘minova Sharofat;“Investitsiyalarni jalb qilishda tashabbus ko‘rsatgan ishbilarmon ayol” nominatsiyasi bo‘yicha hunarmand Sodiqova Shoxsanam, “Qishloqni ijtimoiy rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan fermer ayol” nominatsiyasi bo‘yicha fermre Boymirzayeva Dilrabo; “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli” nominatsiyasi bo‘yicha tadbirkor Meyliyeva Nilufar, “Eng yosh, faol ayol tadbirkor” nominatsiyasi bo‘yicha Begaliyeva Faridalar loyiq deb topildi.

G’olib va sovrindorlarga viloyat Kengashi hamda Qamashi tuman  Kengashi tomonidan Diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    483
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+