Konstitutsiya takomillashtirilishi bo‘yicha Prezidentimiz bildirgan takliflar mazmun-mohiyati aholining keng qatlamlariga yetkazilmoqda

24.06.2022, 15:49

Konstitutsiya takomillashtirilishi bo‘yicha Prezidentimiz bildirgan takliflar mazmun-mohiyati aholining keng qatlamlariga yetkazilmoqda

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashining Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqidan kelib chiquvchi O’zLiDePning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda bu muhim siyosiy jarayon doirasida hozirga qadar O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan joylarda 200 dan ortiq turli tadbir va davra suhbatlari o‘tkazilib, konstitutsiyaviy Komissiyaga fuqarolardan 875 ta takliflar yuborilganligi ta’kidlandi.

Partiya faollari Prezidentimizning Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda 4 ta ustuvor yo‘nalishlardan iborat taklif va tashabbuslarni ilgari surganligiga e’tibor qaratishdi.

Unga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari, mahallaning maqomi hamda davlat organlarining bu boradagi vazifalarini aniq belgilash, mamlakatimizda davlat boshqaruvini takomillashtirish, xalq hokimiyatchiligini kuchaytirish hamda xususiy mulk himoyasini ta’minlash borasidagi takliflar asosiy maqsad qilib olindi. Ushbu tashabbuslarga alohida e’tibor qaratilishi esa “Inson qadri uchun” degan ulug‘vor tamoyilning to‘la ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi.

Tadbirda deputatlar va partiya faollari davlatimiz rahbarining ushbu belgilab bergan vazifalarning mazmun-mohiyatini keng aholi qatlami orasida targ‘ibot qilish, yana bir bor xalq bilan bamaslahat qilib olish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    297
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+