Partiya faollari davlatimiz rahbarining taklif va tashabbuslarini keng aholiga yetkazyapti

24.06.2022, 15:53

Partiya faollari davlatimiz rahbarining taklif va tashabbuslarini keng aholiga yetkazyapti

O‘zLiDeP Narpay tuman kengashi hamda xalq deputatlari tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhining Konstitutsiya takomillashtirilishi bo‘yicha Prezidentimiz bildirgan takliflar mazmun-mohiyati, ahamiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Narpay tuman partiya faollari, deputatlar ishtirok etgan yig‘ilishda O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Ilhom Botirov ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, Konstitutsiyaviy islohotlar borasida aholining keng qatlami orasida qator uchrashuvlar, muloqotlar tashkil qilinib, aniq asoslantirilgan takliflar olindi. Bu jarayonga partiya faollari, deputatlar o‘z faolligini ko‘rsatdi.

Prezidentimizning Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvdagi 4 ta ustuvor yo‘nalishlardan iborat taklif va tashabbuslarini keng aholi yetkazish va yana bir bor muhokama qilib olish borasida fikr yuritildi.

Shuningdek, partiya tuman Kengashi faoliyati haqida fikr yuritilarkan, yuqori partiya tashkilotlari tomonidan berilgan topshiriq va vazifalar ijrosiga katta mas’uliyat bilan jiddiy yondashish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda shuningdek, partiya faollari, xalq deputatlari tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar ham sarhisob qilindi.

Xususan, boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash, deputatlar faoliyatini yanada jonlantirish, “Yoshlar” va “Ayollar qanoti” loyihalarini ommalashtirish, siyosiy o‘quvlarning sifat darajasini oshirish orqali salohiyatli, dunyoqarashi keng, yuksak bilimli, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyatni sezadigan kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Raximjon Sattorov,

O‘zLiDeP Narpay tuman Kengashi raisining

 birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

  • Ko'rildi
    170
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+