“Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi
24.06.2022, 16:05

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga qaratilgan 69-maqsadda xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi.
O'zLiDeP Samarqand shahar Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan tashkil etilgan mazkur mahorat darslari Viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi bilan hamkorlikda tashkil etilib, asosan “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ishsiz, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, doimiy daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarga o‘z kasblari bo‘yicha hamda erishayotgan yutuqlari to‘g‘risida fikr almashilib, mahorat darsi so‘ngida partiya safiga kirish istagida bo‘lgan yosh xotin-qizlarga a’zolik guvoxnamalari topshirildi.
Marxabo Chuliyeva,
O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Ishtirokchilarining har biri e’tirofga loyiq
16.08.2022, 11:22
-
Shijoatli, izlanuvchan, tashabbuskor
16.08.2022, 11:05
-
Taxiatoshlik mahalla xotin-qizlari tadbirkorlik sub’ektiga sayohat qilishdi
16.08.2022, 11:04
-
Buxorolik ishbilarmon ayollar aniqlandi
12.08.2022, 11:09
-
Ishbilarmon ayollarni birlashtirgan tanlov Surxondaryodan boshlandi
09.08.2022, 16:42
Fikringizni qoldiring