Konstitutsiyaga taklif etilayotgan yangi norma va qoidalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

24.06.2022, 16:07

Konstitutsiyaga taklif etilayotgan yangi norma va qoidalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi hamda xalq deputatlari viloyat kengashidagi partiya deputatlik guruhining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqidan kelib chiquvchi O’zLiDePning dolzarb vazifalari atroflicha muhokama qilindi.

Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan joriy yilning 20 iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvi chog‘ida demokratik yangilanish jarayonlariga yangicha ruh va shiddat berish, islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish zarurligini alohida ta’kidladilar. Mamlakatimizda kechayotgan konstitutsiyaviy islohotlar Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala ekanligi, shuningdek, mamlakatimiz fuqarolaridan ushbu masalalar bo‘yicha 48 ming 492 ta taklif kelib tushganligi alohida qayd etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP viloyat Kengashi, Faxriylar Kengashi hamda ishchi guruh a’zolari o‘z fikr mulohazalarini bildirib, tegishli komissiya tomonidan yurtdoshlarimizning barcha taklif va qo‘shimchalari umumlashtirilganligi, ularning eng dolzarblari yangidan qabul qilinadigan Konstitutsiyaga tegishli moddalar sifatida kiritilishi O’zbekiston ahli ushbu muhim siyosiy jarayonga befarq emasligini e’tirof etishdi

Konstitutsiya takomillashtirilishi bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan bayon qilingan to‘rtta ustuvor yo‘nalish va ularning har biri bo‘yicha bildirgan takliflarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladilar.

Qo‘shma majlisda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya boshlang‘ich tashkilotlari, “Yoshlar qanoti”, “Ayollar qanoti” a’zolari ishtirokida Konstitutsiya takomillashtirilishi bo‘yicha Prezidentimiz bildirgan takliflar mazmun-mohiyati, ahamiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga bag‘ishlangan chora tadbirlar belgilab olindi.

Jaxongir Xo‘jamkulov,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    421
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+